JSST: Oʻtgan haftada koronavirusga chalingan 6,2 million kishidan 11 ming nafari vafot etdi

Foto: Illustrativ foto
JSST koronavirusni yuqtirish holatlari boʻyicha navbatdagi haftalik hisobotini eʼlon qildi. Unga koʻra, 11-17-iyul kunlari dunyoda 6,2 milliondan ortiq kishida COVID-19 aniqlangan. Bu 4-11-iyul sanalariga qiyoslaganda deyarli bir xil koʻrsatkichdir.
Asosiy oʻsish dinamikasi Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida qayd etildi — 37 foiz. Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasida kasallanishlar soni deyarli oʻzgarmadi.
Yevropa va Afrika qitʼalarida esa koronavirusga chalinish holatlari mos ravishda 16 va 27 foizga kamaydi.
Shuningdek, oʻtgan haftada koronavirus tashxisi qoʻyilgan bemorlardan 11 ming nafari hayotdan koʻz yumdi. Bu avvalgi haftaga taqqoslaganda qariyb 1 foizlik pasayishdir.
Kasallikdan vafot etganlarning katta qismi Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasi mamlakatlari hissasiga toʻgʻri keldi — 20 foiz! Keyingi oʻrindan 13 foizlik koʻrsatkich bilan Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasi davlatlari joy oldi. Shuningdek, Amerika qitʼasida oʻlim holatlari 7 foizga oʻsdi.
Qolgan mintaqalar, xususan, Afrikada COVID-19 qurbonlari soni 39 foizga, Yevropada esa 14 foizga kamaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring