JSST “omikron”ning 6 ta variantini kuzatuv ostiga oldi

14:49 27 Sentyabr 2022 Jamiyat
428 0

Foto: Illustrativ surat

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti koronavirusning kuzatuv ostida boʻlgan mutatsiyalari roʻyxatiga oʻzgartirish kiritdi. Unga koʻra, endi “omikron” shtammining 2021-yil oxiri va 2022 birinchi yarmida aniqlangan 6 ta varianti — BA.5.1, BA.5.2, BA.2.75, BQ.1, BJ.1 va BA.4.6 alohida nazorat qilinadi.

Hozir ushbu subversiyalar asosan AQSH (BA.4.6, BA.5.1 va BA.5.2), Hindiston (BJ.1va BA.2.75), Buyuk Britaniya (BA.5.1 va BA.5.2) va Nigeriyada (BQ.1) keng tarqalmoqda.

Esingizda boʻlsa, joriy yilning may oyida JSST tomonidan SOVID-19ning monitoring ostidagi qator variantlari kuzatuvi toʻxtatilgan edi. Iyul oyida esa bu safdan “delta” shtammi chiqarib tashlandi.

Ayni paytga kelib esa faqat “omikron”ning yuqoridagi 6 mutatsiyasi nazorat ostida. Chunki dunyoda ushbu shtamm dominantga aylangan. U jami aniqlanayotgan koronavirus holatlarining 98 foizini tashkil etyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер