JSST missiyasi Sirdaryoda davlat tibbiy sugʻurta tizimini oʻrgandi

23:29 15 Aprel 2024 Jamiyat
231 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Ahmadali ShERNAZAROV/“Xalq soʻzi. Respublikamizda tajriba-sinov tariqasida birinchilardan boʻlib Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimida yoʻlga qoʻyilib, aprobatsiyadan oʻtkazilgan davlat tibbiy sugʻurta tizimi va uni amalga oshirish mexanizmlari bilan bogʻliq ishni oʻrganish hamda tahlil etish maqsadida Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti missiyasi Sogʻliqni saqlash vazirligi mutaxassislari hamrohligida Sirdaryo viloyatida boʻldi.

JSST missiyasi aʼzolari Sirdaryo viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Yusuf Mirxonov va boshqa mutaxassislar bilan davlat tibbiy sugʻurta tizimi bilan bogʻliq ishlarning borishi, istiqboldagi rejalar xususida fikr almashishdi.

Soʻngra Guliston shahar tibbiyot birlashmasi, unga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinika va 2- oilaviy poliklinika hamda Boyovut tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli 5- oilaviy poliklinikada boʻlishib, davlat tibbiy sugʻurta mexanizmi asosida tashkil etilgan tibbiy xizmat turlari bilan yaqindan tanishdi. Oila shifokori, amaliyotchi hamshira va boshqa mutaxassislar bilan uchrashib, ularga oʻzlarining maslahat va tavsiyalarini berishdi.

— JSST missiyasi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv har jihatdan foydali boʻldi, — dedi Guliston shahar tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Murod Koʻpaysinov. — Missiya tomonidan davlat tibbiy sugʻurta mexanizmi, uni joriy etish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qimmatli maslahat va tavsiyalar berildi. Tibbiy sugʻurtadan koʻzlangan asosiy maqsad tibbiy xizmat turlarini kengaytirish va sifatini oshirish, aholini tibbiyotga emas, tibbiyotni aholiga yaqinlashtirish ekanligiga urgʻu berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер