JSST maymun chechagi epidemiyasini favqulodda holat deb eʼlon qildi

12:32 25 Iyul 2022 Dunyo
1287 0

Foto: Illustrativ foto

Bundan bir oy avval Butunjahon sogʻliqni saqlash tarmogʻi (WHN) maymun chechagi global ofatga aylanishining oldini olish uchun zudlik bilan tegishli profilaktik choralar koʻrishga chaqiruvchi deklaratsiyani eʼlon qilgan edi.

“Biz bu orqali kasallikni jilovlashimiz mumkin. Buning uchun infeksiya simptomlari va asoratlari, ehtiyot choralari haqida aholini kengroq xabardor qilishimiz zarur. JSST ham bu borada shoshilinch chora-tadbirlarni belgilashi shart” — deyilgandi mazkur hujjatda.

Mana, kuni kecha Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasining ikkinchi yigʻilishini chaqirdi.

Unda qayd etilganidek, mazkur virus hozirgacha dunyoning 75 mamlakatida roʻyxatga olingan. Xastalik tasdiqlangan bemorlar soni esa 16 mingdan oshadi.

Epidemiyadan eng koʻp Yevropa mamlakatlarida yashovchilar aziyat chekyapti. Boshqa mintaqalarda ham kasallik avj olishi xavfi mavjud.

Shundan kelib chiqib, JSST maymun chechagi epidemiyasini xalqaro ahamiyatga molik favqulodda holat deb eʼlon qildi.

Ayni paytda xastalikka qarshi kurashish va uning oldini olish uchun qator tavsiyalar ishlab chiqilgan va epidemiologik vaziyatni nazoratga olish choralari koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?