JSST koronavirusga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qilishda shoshilmaslikka chaqirdi

15:30 19 Iyul 2021 Dunyo
646 0

Arxiv surat

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqaviy byurosi direktori Xans Klyuge pandemiya hali tugamaganligini, shuning uchun koronavirus tufayli joriy etilgan cheklovlarni tezda bekor qilishga shoshilmaslikka chaqirdi. 

“Pandemiya bizning ruhiyatimizga va salomatligimizga zarar yetkazdi. Shu bois odamlar qiyin davrdan keyin dam olishni xohlashi tabiiy. Biroq, biz oʻtgan yilning yozida shunday holatni boshdan oʻtkazganimizni unutmasligimiz kerak. Cheklovlar tezda olib tashlanganidan keyin mintaqada yangi holatlar va oʻlimlar soni juda tez oʻsdi. Natijada bu holat yana cheklovlarga qaytishga majbur qilgan edi”, dedi Klyuge.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?