JSST koronavirusda yuz bergan sezilarli oʻzgarishlar haqida maʼlum qildi

23:41 13 Yanvar 2022 Dunyo
547 0

Foto: Reuters

Sars-Cov-2 koronavirusi asta-sekin bilan endemik kasallikka aylanib bormoqda. 

Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) shoshilinch kasalliklar boʻyicha texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove maʼlum qildi. Endemik kasallik bu bir mintaqada keng tarqalgan xastalik hisoblanadi. 

JSST oʻtgan sutkada deyarli 3,4 million kishi koronavirus bilan kasallanganini maʼlum qilgan edi. Bu pandemiya davridagi kunlik rekord koʻrsatkichdir. 

Umuman pandemiya boshlanganidan beri COVID-19 bilan kasallanganlar soni 312 173 462 nafarga yetgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?