JSST: Koronavirus pandemiyasini bekor qilishga hali erta

Foto: Illustrativ surat
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning soʻnggi bayonotida qayd etilishicha, 2020-yildan beri amalda boʻlgan koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq favqulodda choralarni bekor qilishga biroz erta.
“Toʻgʻri, asosiy ogʻir sinovlarni ortda qoldirdik, biroq hali koʻzlangan manzilda emasmiz, — deydi JSST rahbari. — Hozir Yer yuzi aholisining kamida 90 foizi emlanish yoki SOVID-19ni boshdan oʻtkazgani tufayli bu kasallikka qarshi immunitetga ega. Ammo koronavirus mutatsiyaga uchrashda davom etmoqda”.
Tahlillarga koʻra, hozirgacha “omikron” shtammining asosan yuqori nafas yoʻllarini zararlovchi 500 dan ortiq subvariantlari paydo boʻlgan. Eng yomoni, ular orasida immunitetga oson “chap bera oladigan” versiyalari ham bor.
Bosh direktorning taʼkidlashicha, soʻnggi besh hafta ichida kasallikdan oʻlim koʻrsatkichlari birmuncha pasaygani ijobiy holat. Lekin hozir xastalikning oldini olish, davolash va asoratlarini bartaraf etish borasida uch yil avvalgidan koʻra koʻproq imkoniyatga egamiz.
Shunday sharoitda roʻyxatga olinayotgan haftalik oʻlim koʻrsatkichlarini ijobiy pasayish sifatida qabul qilish mantiqan toʻgʻri emas.
JSST qish mavsumida dunyo boʻyicha kasallanishlar soni ortib borayotganini inobatga olib, buster dozada emlanish eng maqbul chora, deb hisoblaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Germaniyaning yirik neft va gaz kompaniyasi Rossiyani butunlay tark etishga qaror qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring