JSST xalqaro hamjamiyatni koronavirusning yangi, yana-da xavfli shtammlaridan ogohlantirdi

21:12 15 Iyul 2021 Dunyo
738 0

Foto: Reuters

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) xalqaro hamjamiyatni koronavirus infeksiyasining yangi, xavfli shtammlaridan ogohlantirdi. 

“Pandemiya rivojlanishda davom etmoqda, hozirda toʻrtta mutatsiya ”hukmronlik“ qilmoqda. Kelajakda yangi shtammlar paydo boʻlishi va butun dunyoga tarqalishi ehtimoli bor, ularni boshqarish yana-da qiyinlashadi”, deyiladi JSST tomonidan tarqatilgan maʼlumotda.

Shu yilning 14-iyul kuni JSST rahbari Tedros Gebreyesus dunyo “COVID-19” pandemiyasining yangi toʻlqini boshida ekanligini aytib oʻtgan edi. Uning taʼkidlashicha, jahonda ushbu infeksiya bilan kasallanish va oʻlim tobora oʻsib bormoqda. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?