JSST: Endi maymun chechagi virusi boshqa nom bilan ataladi

Illustrativ foto
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti shu yil avgust oyida maymun chechagi virusi nomini oʻzgartirish boʻyicha keng jamoatchilikka murojaat bilan chiqqandi. Bunga olimlar va tibbiyot mutaxassislari tomonidan mazkur xastalik notoʻgʻri nomlanganiga doir takroriy eʼtirozlar sabab boʻlgan.
Endi ana shu tashabbus amalga oshdi. JSST mazkur virusga “mpox” (monkeypox — maymun chechagi atamasining qisqartmasi) deb nom berdi.
Maʼlumki, maymun chechagi 1958-yilda istilohga kiritilgan. Qolaversa, virusning asosiy variantlari ular keng tarqalgan geografik hududlarga qarab nomlangan.
Biroq zamonaviy amaliyotga koʻra, yangi aniqlangan viruslar, infeksiyalar mutatsiyalari va ular bilan bogʻliq kasalliklar atamalari madaniy, ijtimoiy, milliy, mintaqaviy, kasbiy yoki etnik jihatdan kamsituvchi mazmunga ega boʻlmasligi zarur.
Qolaversa, savdo-sotiq yoki yoʻlovchi tashish jamiyatlari faoliyati, turizm hamda hayvonot dunyosiga nisbatan munosabatlarga salbiy taʼsir koʻrsatmasligi kerak.
Shundan kelib chiqqan holda endi maymun chechagi “mpox” deb qayta nomlandi. Bu jarayonda yangi atamaning turli tillarda oson talaffuz qilinishi va internet resurslari orqali qiyinchiliksiz qidirilishi kabi omillar ham hisobga olindi.
“Mpox” nomi yaqin kunlarda kasalliklarning xalqaro statistik tahliliga kiritilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring