JSST: Dunyoning 70 mamlakatida koronavirusni yuqtirish holatlari koʻpaymoqda

Jahonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari yana oshib bormoqda. Soʻnggi haftada oʻsish dinamikasi dunyoning 70 ga yaqin davlatida qayd etilgan.
JSST rahbari Tedros Gebreyesus Jenevada boʻlib oʻtayotgan assambleya sessiyasida Afrika davlatlarida COVID-19dan oʻlim koʻrsatkichlari koʻpayayotgani ham xavotirli ekanligini taʼkidladi.
Uning soʻzlariga koʻra, “koronavirus har qadamda “tuhfa”lar hozirlashi mumkin va uning intensivligini oldindan aytib boʻlmaydi”.
Xoʻsh, buyogʻiga qanday yoʻl tutgan maʼqul?
T. Gebreyesus bu haqda toʻxtalar ekan, barcha mamlakatlarni aholisining kamida 70 foizini emlash bilan qamrab olishga chaqirdi.
Shu bilan birga, tibbiyot xodimlari, 60 yoshdan oshganlar hamda yondosh kasalligi boʻlganlar 100 foiz vaksina olishlari zarur.
Ammo, bugungi kunga qadar atigi 57 ta davlat 70 foizlik koʻrsatkichga erishgan, xolos. Dunyoda miqyosida esa bu raqamlar oʻrtacha 60 foizni tashkil etyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring