JSST: Dunyoda nomaʼlum jigar xastaligiga chalingan bolalar soni 700 nafardan oshdi

10:41 09 Iyun 2022 Dunyo
248 0

Bundan ikki oy avval dunyoning baʼzi mamlakatlarida tarqala boshlagan nomaʼlum infeksiya bolalarning jigariga ziyon yetkazib, ogʻir holatlarni keltirib chiqarayotgani haqida xabar bergan edik.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesusning soʻnggi bayonotiga koʻra, ayni paytga kelib ushbu kasallikni yuqtirgan oʻgʻil-qizlar soni 700 nafardan oshgan.

“Hozircha infeksiya aniqlangan mamlakatlar soni 34 tani tashkil etmoqda, — deydi u. — Qolaversa, yana 112 nafar kichik yoshli bemorda tekshiruvlar oʻtkazilyapti”.

Eng yomoni, mazkur xavfli xastalik ogʻir asoratlarni keltirib chiqarmoqda. Xususan, 10 nafar bola infeksiya oqibatida hayotdan koʻz yumgan, 8 nafari esa jigar transplantatsiyasiga muhtoj. JSST bosh direktorining taʼkidlashicha, kasallik bundan ham kengroq koʻlamda tarqalib ulgurgan boʻlishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, bu nomaʼlum xastalik sargʻayish, diareya va qorin ogʻrigʻi kabi umumiy belgilar bilan namoyon boʻlmoqda. Qolaversa, baʼzi hollarda isitma, tomoq ogʻrigʻi, yoʻtal hamda oshqozon va ichaklar yalligʻlanishi kabi asoratlarni ham keltirib chiqaryapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?