JSST: Dunyoda maymun chechagini yuqtirgan bemorlar soni qariyb 28 ming nafarga yetdi

11:24 12 Avgust 2022 Dunyo
429 0

Foto: Illustrativ foto

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Yer yuzida maymun chechagi tarqalishi bilan bogʻliq navbatdagi hisobotini eʼlon qildi.

Unda keltirilishicha, ushbu epidemiya hozirgacha dunyoning 89 davlatida roʻyxatga olindi. Infeksiyani yuqtirgan bemorlar soni esa 27 814 nafarga yetgan. Ulardan 11 nafari kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.

Virusdan eng koʻp aziyat chekayotganlar roʻyxatida Yevropa va Amerika qitʼalari peshqadam. Xususan, shu kungacha AQSHda 7510 nafar bemorga maymun chechagi tashxisi qoʻyilgan boʻlsa, Yevropada bu koʻrsatkich 16 814 nafarga teng.

Shundan Ispaniyada — 4577, Germaniyada — 2887, Buyuk Britaniyada — 2759, Fransiyada — 2239, Braziliyada – 1721 ta holat qayd etilgan.

Qolgan 83 ta mamlakatda esa kasallanganlar soni koʻpi bilan 1000 nafardan oshmaydi.

Nigeriyada 4 nafar, Ispaniya va Markaziy Afrika Respublikasida 2 nafardan, Braziliya, Gana hamda Hindistonda esa bir nafardan bemor xastalik tufayli vafot etgan.

JSSTning maʼlum qilishicha, hozircha maymun chechagiga qarshi alohida va maxsus vaksinalar mavjud emas. Shunga qaramay, chechak kasalligining oldini olishda qoʻllaniladigan emlash vositalari ushbu xavfli infeksiyadan himoyalanishda 85 foiz samara beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?