JSST: Dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 2 foizga oshdi

Foto: Xalq so‘zi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti sayyoramizdagi epidemiologik vaziyat boʻyicha navbatdagi hisobotini eʼlon qildi. Unga koʻra, oʻtgan haftada 2,6 milliondan ortiq kishida SOVID-19 aniqlanib, bemorlarning qariyb 8,5 ming nafari hayotdan koʻz yumdi.
Tahlillar 21-27-noyabr sanalarida dunyo boʻyicha koronavirusga chalinish holatlari 2 foizga oshganini tasdiqlaydi. Shunga qaramay, xastalik qurbonlari soni 5 foizga kamaygani biroz taskin beruvchi koʻrsatkich.
Kasallanishlar sonining sezilarli oʻsishi Janubiy va Shimoliy Amerika qitʼalari (+19 foiz) hamda Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarida (+ 8 foiz) roʻyxatga olindi. Afrika (-18 foiz), Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasi (-17 foiz), Yevropa (-14 foiz) hamda Janubi-Sharqiy Osiyoda (-8 foiz) esa aksincha pasayish dinamikasi qayd etildi.
Oʻlim koʻrsatkichlari esa asosan Afrika (-79 foiz), Yevropa (-35 foiz) va Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasi mamlakatlarida (-20 foiz) kamaydi. Amerika (+21 foiz), Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasida (+9 foiz) va Janubi-Sharqiy Osiyoda (+5 foiz) buning aksi kuzatildi.
Oʻtgan haftada eng koʻp bemorlar aniqlangan mamlakatlar:
Yaponiya — 698 ming;
Janubiy Koreya — 378 ming;
AQSH —296 ming;
Fransiya — 230 ming;
Italiya 161 ming.
Eng koʻp oʻlim holatlari qayd etilgan davlatlar:
AQSH — 2611;
Yaponiya — 1000;
Braziliya — 535;
Italiya — 419;
Xitoy — 395.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring