JSST: Dunyoda har ikki soniyada bir kishi yuqumli boʻlmagan kasalliklardan vafot etmoqda

12:36 22 Sentyabr 2022 Dunyo
487 0

Illustrativ foto

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida keltirilishicha, Yer yuzida har ikki soniyada bir kishi yuqumli boʻlmagan kasalliklar oqibatida hayotdan koʻz yummoqda.

Bu esa XXI asr tibbiyotini ushbu global muammoga qarshi yanada samarali chora-tadbirlar koʻrishga undaydi. Chunki yurak-qon tomir tizimi, surunkali nafas yoʻllari va ruhiy kasalliklardan oʻlim koʻrsatkichlari yil sayin oshib borayotgani butun insoniyat uchun jiddiy tahdiddir.

Yaʼni infarkt, insult, saraton, qandli diabet kabi noinfeksion xastaliklar yiliga 41 million nafar kishining hayotiga zomin boʻlmoqda. Bu, dunyoda kasalliklar oqibatida qayd etilayotgan oʻlim holatlarining deyarli toʻrtdan uch qismiga teng.

Vaholanki, JSST tomonidan 2030-yilgacha yuqumli boʻlmagan kasalliklardan erta oʻlim koʻrsatkichlarini uchdan bir qismga qisqartirishga qaratilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari qabul qilingan.

Ammo hozir sanoqli mamlakatlargina ushbu hujjatda belgilangan maqsadlar roʻyobiga erishish uchun astoydil intilmoqda, xolos.

Shundan kelib chiqib, tashkilot rahbari Tedros Gebreyesus mamlakatlar sogʻliqni saqlash tuzilmalari rahbarlarini mazkur kasalliklarga qarshi kurashish borasida shoshilinch choralar koʻrishga chaqirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?