JSST: Dunyo mamlakatlarining toʻrtdan uch qismida emlash jarayoni sust ketmoqda

16:33 08 Iyul 2022 Dunyo
722 0

Foto: Illustrativ foto

Soʻnggi ikki hafta ichida dunyo boʻyicha koronavirus bilan kasallanish holatlari 30 foizga oshgani haqida xabar bergan edik.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus bu holatga baho berar ekan, COVID-19ga qarshi emlash jarayonlari qator mamlakatlarda ancha sust davom etayotganini tanqid ostiga oldi.

Vaholanki, JSST tomonidan joriy yil ikkinchi yarmiga qadar har bir davlat aholisining kamida 70 foizi koronavirusga qarshi vaksinalar olishiga erishish maqsad qilingandi.

Bu borada belgilangan marraga shu kungacha faqat 58 davlat erishgan, xolos. Qolaversa, dunyo boʻyicha tibbiyot xodimlari va 60 yoshdan oshgan odamlarning 75 foizi emlangani ham ijobiy koʻrsatkich.

Ammo hali yuz millionlab kishilar, jumladan, kam daromadli mamlakatlar aholisining juda katta qismi vaksinalar bilan qamrab olinmagan. Tahlillarga koʻra, bu kabi davlatlarda oʻrtacha emlash darajasi atigi 13 foizni tashkil qilyapti.

Bu esa pandemiyaning yangi toʻlqinlari, avvalo, ana shu qatlam salomatligiga zarba berishi va xuddi shu mamlakatlar iqtisodiyotiga putur yetkazishi mumkinligini anglatadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?