JSST "COVID-19" paydo boʻlishining sababini maʼlum qildi. Ammo shubhalar koʻp...

15:27 29 Mart 2021 Dunyo
696 0

Foto: AP

“COVID-19” odamlarga koʻrshapalaklardan odamga nomaʼlum oraliq hayvon orqali yuqqan boʻlishi mumkin. 

Bunday xulosaga Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari va xitoylik olimlar bilan hamkorlikda Xitoyda olib borilgan tadqiqotlar yakunida kelindi. Bu haqda "Associated Press" axborot agentligi ekspertlarning nashr qilinmagan xulosasiga asoslanib xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mutaxassislar “COVID-19” laboratoriyadan sizib chiqqan" degan versiyadan voz kechishgan. Biroq, ular infeksiyaning paydo boʻlishini aniq uchun tadqiqotlarni davom ettirish niyatida.

Agentlikka koʻra, olimlarning tegishli hisobotini nashr etish bir necha bor qoldirilgani Xitoyni himoya qilish va uni pandemiya aybdoriga chiqarib qoʻymaslik uchun qilingan, degan taxminlarga sabab boʻlmoqda. Agentlik hujjatning yakuniy versiyasini 29-mart, dushanba kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida diplomatdan olgan.

Unga koʻra, mutaxassislar “COVID-19”ning kelib chiqishini toʻrtta asosiy versiyasini sanab oʻtgan. Ulardan biri koronavirusni koʻrshapalaklardan odamlarga oraliq hayvon orqali yuqqani boʻlib, ammo aynan qaysi hayvon ekanligini aniqlab boʻlmagan. Taxminlarga koʻra, bu kaltakesaklar, mushuklar yoki qorakoʻzanlar boʻlishi mumkin. 

Avvalroq, “Bloomberg” agentligi JSST mutaxassislariga asoslanib, Xitoyda hayvonlar savdosi koronavirus kelib chiqishi sababi boʻlishi mumkinligi haqida xabar qilgan edi.

Joriy yilning boshida JSST mutaxassislarining xalqaro guruhi Xitoyda bir oyga yaqin vaqt davomida “COVID-19” infeksiyasining kelib chiqishi sabablarini oʻrganishdi. Yakunda, ular koronavirusni kelib chiqishi, ehtimol, Uxandagi dengiz mahsulotlari bozorida yoki unga yaqin joyda yovvoyi tabiatda boʻlishi mumkin degan farazlarni aytishdi.

2019-yil oxirida Xitoyda koronavirusning yangi — “COVID-19” turiga sabab boʻlgan infeksiya tarqalish avj oldi. Virus dastlab Xubey viloyatida joylashgan Uxan shahrida qayd etilgan.

2020-yilning 11-mart kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti dunyoda “COVID-19” pandemiyasini eʼlon qildi. Oʻsha yilning 29-mart kuni Xitoy oʻz hududida koronavirus epidemiyasi tugaganligini eʼlon qildi. Ammo kasallik butun dunyoga tarqalib ketdi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunga kelib ushbu infeksiya bilan zararlanganlar soni 125 million nafardan oshib ketdi. U keltirib chiqargan kasallik asoratlari tufayli hayotdan koʻz yumganlar soni allaqachon 2,5 million nafardan ortdi.

Oldinroq Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) “Covid-19" pandemiyasi kelib chiqishiga sabab boʻlgan ehtimoliy farazni maʼlum qilgani, unga koʻra, virus “oraliq-vosita” orqali insonlarga yuqtirilishi tufayli pandemiya kelib chiqqani haqida xabar bergandik.

Shuningdek, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) hayvonlarda koronavirus manbaini aniqlay olmagani, Xitoy Xalq Respublikasi Sogʻliqni saqlash milliy komissiyasi mutaxassisi Lyan Vannanga koʻra, tadqiqot davomida koʻrshapalaklar va pangolinlar orasida “SARS-CoV-2” oʻxshash viruslar topilgan, ammo olingan namunalar aynan shu hayvonlar ”SARS-CoV-2"ning asl manbai ekanligini taxmin qilish uchun keskin farq qilishi haqida maʼlum boʻlgan edi.

AQSH Kasalliklar tarqalishi va nazorat qilish markazi (CDC)ning sobiq rahbari Robert Redfild esa koronavirus Xitoydagi laboratoriyada paydo boʻlgan, degan fikrlarni ilgari surmoqda.

Unga koʻra, ushbu infeksiya 2019-yilning sentyabr yoki oktyabr oylarida Uxan shahrida tarqalishni boshladi.

“Bu virus sentyabr-oktyabr oylarida Uxan shahrida tarqalishni boshlagan. Bu mening taxminim, bu shunchaki fikr ... Men hali ham Uxan shahrida laboratoriya ushbu infeksiyani tarqalishi ”xizmat qilgan“ deb oʻylayman”, deydi mutaxassis.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?