JSST soʻnggi haftada dunyoda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanish kamayganini qayd etdi

15:53 14 Oktyabr 2021 Dunyo
323 0

Oʻtgan bir hafta ichida dunyoda 2,8 milliondan ortiq odam koronavirus bilan kasallangan, 46 mingdan ortiq odam vafot etgan.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) chorshanba kuni bergan maʼlumotiga koʻra, yetti kun ichida yangi infeksiyalar soni 7 foizga, oʻlim 10 foizga kamaydi.

Bir hafta ichida Afrikada (32%) va Tinch okeanining gʻarbiy qismida (26%) infeksiyalarning sezilarli kamayishi kuzatildi. Yevropa kasallanish darajasi oshgan yagona mintaqa (7%). Shuningdek, Yevropada oʻlim darajasi ham 11%ga oshdi.

Bir haftada eng koʻp infeksiya AQSHda (653 837) qayd etilgan. Undan keyin oʻrinlarni Buyuk Britaniya (249 699), Turkiya (205 266), Rossiya (188 829) va Hindiston (139 572) egallagan.

JSST maʼlumotlariga koʻra, 13-oktyabr holatiga koʻra, pandemiya boshlanganidan buyon dunyoda 238 521 855 kishi infeksiya yuqtirgan va 4 863 818 ta oʻlim qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?