JSST: Barcha tibbiyot xodimlari va 60 yoshdan oshgan kishilar koronavirusga qarshi emlanishi zarur

11:53 23 Avgust 2022 Dunyo
533 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus kechagi bayonotida koronavirusning oldini olishga doir chora-tadbirlar xususida soʻz yuritdi.

Uning qayd etishicha, dunyodagi barcha tibbiyot xodimlari va 60 yoshdan oshgan kishilar COVID-19ga qarshi vaksina olishi va emlanish qamrovi 70 foizga yetishi zarur.

“Bu insonlar hayotini saqlab qolish va barqaror rivojlanish jarayonini tiklashning eng yaxshi usuli”, — dedi bosh direktor.

Shuningdek, T.Gebreyesusning tahlillariga koʻra, joriy yil boshida 34 ta mamlakatda aholining koronavirusga qarshi ommaviy emlanish darajasi 10 foizdan kam boʻlgan.

Hozirga kelib esa bunday davlatlar soni atigi 10 ta qolgan va ularning aksariyati turli gumanitar vaziyatlarga duch kelgan.

Eslatib oʻtamiz, JSSTning 22-avgust holati boʻyicha bergan maʼlumotiga koʻra, pandemiya boshlanganidan buyon jami 593 million 269 ming nafardan ortiq kishi koronavirus infeksiyasiga chalingan. Ulardan qariyb 6 million 447 ming nafari kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер