JSST AQSHda aniqlangan “COVID-19”ning yangi shtammini xavfi haqida maʼlumot berdi

22:57 11 Avgust 2021 Dunyo
852 0

Illyustrativ foto

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) «COVID-19»ning shtammi jiddiy kasallikka olib kelmasligini maʼlum qildi. Manbaga koʻra, gap bu yerda AQSHda aniqlangan «yota» shtammi haqida ketmoqda.

Bu haqda JSSTning favqulodda kasalliklar boʻlimi texnik guruhi rahbari Mariya Van Kerkxove aytib oʻtdi.

Biroz oldin AQSH olimlari tomonidan «COVID-19»ning yangi shtammini aniqlashgan. Boshqa mutatsiyalarga qaraganda uning yuqish va oʻlim darajalari yuqori ekanligi taʼkidlangan. Mutatsiyaga uchragan shtamm Nyu-Yorkda qayd etilgan va tez tarqalmoqda.

Kerkxovening soʻzlariga koʻra, AQSHda «yota» shtammi bilan kasallanish holatlari tez kamaymoqda va koronavirusning “delta” mutatsiyasi hamon global boʻlib turibdi. Yaʼni «yota» xavfi “delta”nikidan past.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?