JSST: Afrika aholisining oʻrtacha umri 10 yilga uzaydi

12:41 08 Avgust 2022 Dunyo
554 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining maʼlum qilishicha, Afrika qitʼasida joylashgan mamlakatlardan 47 tasida aholining oʻrtacha umr kechirish koʻrsatkichi 10 yilga uzaygan.

Bu raqamlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining 19 yil davomida olib borgan oʻrganishlari yuzasidan tayyorlangan hisobotiga asoslanib keltirilgan.

Unda qayd etilishicha, asrimiz boshida qitʼada odamlarning oʻrtacha umri 46 yoshga teng edi. Ayni paytga kelib bu koʻrsatkich 56 yoshga yetgan.

JSST vakili Matshidiso Moetining taʼkidlashicha, ushbu oʻsish dinamikasi jahonning boshqa mintaqalariga qiyoslaganda, sezilarli darajada yuqori.

Bu Afrikada malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati kengayib borayotgani bilan bogʻliq. Qolaversa, 2005-yildan beri OIV, sil, bezgak kabi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish borasida maʼlum yutuqlar qoʻlga kiritilgan.

Mutaxassislar, garchi oʻsish koʻrsatkichlari quvonarli boʻlsada, biroq erishilgan natijalardan hali toʻlaqonli qoniqish hosil qilib boʻlmaydi, degan xulosada.

Chunki hisobotda keltirilgan davrda dunyo aholining oʻrtacha umr kechirish davomiyligi 64 yilga teng boʻlgan. Demak, Afrikada aholi salomatligini saqlash bilan bogʻliq chora-tadbirlarni yanada jadal davom ettirish zarur.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?