JSST 2022-yilda dunyo aholisini vaksina bilan taʼminlash uchun qancha mablagʻ zarur boʻlishini ochiqladi

04:12 04 May 2021 Dunyo
203 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Gebreyesus 2022-yilda dunyoning aksariyat mamlakatlarida yoshi katta aholini uchun koronavirusga qarshi emlashni taʼminlash uchun qancha mablagʻ zarur boʻlishini maʼlum qildi.

“Bizning taxminimizcha, kelgusi yilda bu maqsadlar uchun yana 35-45 milliard dollar atrofida mablagʻ kerak boʻladi”, deydi JSST rahbari.

Gebreyesus taʼkidlashicha, soʻnggi ikki hafta ichida dunyoda pandemiyaning dastlabki olti oyiga nisbatan koʻproq koronavirus infeksiyasi qayd etilganligini taʼkidladi. Soʻnggi bir hafta ichida yangi holatlarning yarmidan koʻpi Hindiston va Braziliyada qayd etilgan.

Shu bilan birga, u dunyoda juda zaif vaziyatga duch kelgan boshqa koʻplab mamlakatlar borligini taʼkidladi va aholini JSSTning sanitariya tavsiyalariga rioya qilishni davom ettirishga chaqirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?