Joze Mourino “Tottenxem” bosh murabbiyligidan ozod etildi

15:16 19 Aprel 2021 Sport
1597 0

Foto: AP

Аngliyaning “Tottenxem Xotspur” klubi bosh murabbiyi Joze Mourino lavozimidan boʼshatilgan. Bu haqla “The Athletic” nashri muxbiri Devid Ornshteyn oʼzining "Twitter"ida yozmoqda. Keyinchalik ushbu maʼlumot klub tomonidan ham rasman tasdiqlandi.

Premer-liganing 32-turidan soʼng 50 ochko toʼplagan “Tottenxem” chempionat jadvalida yettinchi oʼrinni egallab turibdi. London jamoasi toʼrtinchi oʼrindagi “Vest Xem Yunayted”dan besh ochko ortda qolmoqda. Bu natija klubning kelasi mavsumda Chempionlar Ligasidagi ishtirokini kafolatlamaydi.

Oldinroq “Tottenxem” klubi futbolchilari jamoa bosh murabbiyining xatti-harakatlari va bayonotlaridan norozi ekanliklari haqida xabarlar tarqalgan edi. Xususan, futbolchilar magʼlubiyatda Joze Mourino tomonidan faqat sportchilarni ayblanishi, shuningdek, kuchli toʼrtlikka kirish uchun kurashishda ularning kuchlari yetarli emasligini qayta-qayta taʼkidlashidan gʼazablanayotgani maʼlum boʼlgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?