Joriy yilning olti oyi davomida Vaqf fondi tomonidan qariyb 7 mlrd soʻm mablagʻ xayriya qilingan

18:31 16 Iyul 2022 Jamiyat
656 0

Foto: Illustrativ foto

Jumladan, diniy taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini moliyalashtirish uchun – 37 217 520 soʻm;

— diniy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, oʻquvchi-talabalarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 721 402 550 soʻm;

— Nogironlar jamiyati aʼzolari va Maxsus maktab internatlarda tahsil olayotgan koʻmakka muhtoj hamyurtlarimiz uchun – 38 962 000 soʻm;

— Masjidlar qurilishi uchun – 211 550 000 soʻm;

— Masjidlar va ziyoratgohlar xodimlarini moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 71 900 000 soʻm;

— Nochor, koʻmakka muhtoj fuqarolarga turli moddiy koʻrinishda berilgan yordamlar uchun – 2 472 951 031 soʻm;

— Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan, nogironligi bor boʻlgan shaxslarni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 1 613 578 000 soʻm;

— Fond tomonidan tashkil etilgan turli xayriya tadbirlari uchun – 1 134 938 600 soʻm;

— Viloyat vakilliklarining maʼmuriy xarajatlari uchun berilgan moddiy yordam – 131 257 000 soʻm;

— Suv tanqis hududlardagi aholiga ichimlik suvi chiqarishga qaratilgan “Vaqf suvlari” loyihasi uchun – 245 400 000 soʻm;

— «Qurʼoni karim va tajvid» kursi tinglovchilarini moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun – 10 800 000 soʻm;

— Masjidlar va diniy taʼlim muassasalariga tarqatilgan diniy-maʼrifiy kitoblar hamda darsliklar uchun – 134 577 000 soʻm sarflandi.

Joriy yil Qurbon hayiti munosabati bilan 2200 ga yaqin oilalarga 436 500 000 soʻmlik oziq-ovqat mahsuloti xayriya qilindi. Shuningdek, fondning 14 ta hududiy filiallari tomonidan homiylarni jalb qilgan holda 8 ta qora mol va 72 ta qoʻy qurbonlik qilinib, haqdorlarga ulashildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?