Joriy yilning 6 oyi davomida Oʻzbekistonda 97 nafar bola YTHda halok boʻldi

13:57 06 Avgust 2022 Jamiyat
564 0

Foto: Illustrativ surat

Bu haqda Senatning 29-yalpi majlisida ichki ishlar vazirining 2022-yilning birinchi yarim yilligida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati toʻgʻrisidagi axborotida qayd etildi.

Maʼlum qilinishicha, Respublika hududida sodir etilgan yoʻl-transport hodisalarining oldini olish ishlari ham bugungi kun talabi darajasida tashkil etilmagan.

Xususan, joriy yilning oʻtgan 6 oyida bolalar bilan bogʻliq 595 ta yoʻl-transport hodisasi sodir etilib, ularda 529 nafar bola jarohatlangan, 97 nafari halok boʻlgan.

Mazkur masala yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?