Joriy yilning 10 oyi davomida 4 248 nafar tadbirkorning 4 596 ta loyihasiga ajratilgan 7 620 mlrd soʻm kredit uchun 1 586 mlrd soʻm moliyaviy yordam koʻrsatildi

18:25 29 Noyabr 2022 Jamiyat
444 0

Foto: Халқ сўзи

Bu haqda AOKAda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Sohalar boʻyicha qishloq xoʻjaligi sohasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlarga taqdim etilgan moliyaviy yordam yuqori hissaga ega. Jamgʻarma tomonidan quyidagi sohalar kesimida moliyaviy yordam koʻrsatilgan:

Qishloq xoʻjaligining 27 581 ta loyihasi boʻyicha — 7,5 trln soʻm; sanoat sohasining 5 731 ta loyihasi boʻyicha — 2,8 trln soʻm; xizmat koʻrsatish sohasining 8 368 ta loyihasi boʻyicha — 3,0 trln soʻm; boshqa yoʻnalishlarning 6 716 ta loyihasi boʻyicha — 3,0 trln soʻmni tashkil etmoqda.

2022-yilning 10 oyi davomida Jamgʻarmaga jami 633,8 mlrd soʻm daromad tushgan. Xususan: xalqaro moliya institutlari va boshqa donorlardan jalb etiladigan qarz mablagʻlari — 267,9 mlrd soʻm; kafilliklar berishdan tushadigan daromadlar — 9,6 mlrd soʻm; davlat byudjetidan transfertlar — 250,0 mlrd soʻm; boshqa daromadlar — 106,4 mlrd soʻmni tashkil etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер