Joriy yilning 1-apreliga qadar har bir viloyatda kamida 5 tadan mikromarkaz ishga tushiriladi

Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini taʼminlash va kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 2023-yil uchun rejalar muhokama qilinmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Mahalladagi ishsiz aholini daromadli qilish maqsadida 1 mingta mahallaga xizmat koʻrsatuvchi 300 ta mikromarkaz tashkil etish dasturi boshlangan.
Davlatimiz rahbari 1-aprelga qadar har bir viloyatda kamida 5 tadan mikromarkazni ishga tushirish zarurligini taʼkidladi.
Joriy yilda Gʻijduvon, Buloqboshi, Zangiota, Fargʻona tumanlari, Qoʻqon, Margʻilon, Urganch shaharlarida kamida 20 tadan shunday markazlarni tashkil qilish topshirildi.
Umuman, 2023-yilda yana 1 million aholini kambagʻallikdan chiqarish vazifasi qoʻyildi.
Yigʻilish yakunida hududlar va soha uchun masʼul mutasaddilarning axboroti tinglandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
- “Vatan — bamisoli quyoshga oʻxshash...”
- Burkina-Fasoda oʻgʻirlab ketilgan ayollar ozod qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring