Joriy yilda sogʻliqni saqlash sohasiga 21 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirildi — SSV
Bugun yurtimiz tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan ijobiy oʻzgarish va yangilanishlar, eng avvalo, oddiy odamlar hayoti va salomatligini asrash, kasalliklarni erta aniqlash va davolash, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga qaratilayotgani bilan ahamiyatlidir.
Xususan, 2021-yil davlatimiz tomonidan sogʻliqni saqlash sohasiga 21 trillion soʻmdan ziyod mablagʻ yoʻnaltirilgani tizimdagi islohotlar koʻlamini yaqqol namoyon etadi.
Shuningdek, joriy yil tibbiyot muassasalarini zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlashga 50 milliard soʻm, dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash maqsadida 1,7 trillion soʻm mablagʻ ajratilgani aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.
Eng muhimi, ajratilayotgan har bir mablagʻ sohada yechilmay kelayotgan muhim masalalarni hal etishga yoʻnaltirilganini hisobga olsak, bu raqamlar ortida qanchadan-qancha ijobiy oʻzgarishlar turganini tasavvur qilish qiyin emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring