Joriy yilda Respublika boʻylab 788 ta maktabda qurilish va taʼmirlash ishlari olib borilib, qariyb 120 ming yangi oʻquvchi oʻrni yaratiladi

11:20 05 Avgust 2022 Jamiyat
296 0

Foto: president.uz

Хalq taʼlimiga ajratilayotgan mablagʻlarning manzilli ishlatilishi hamda ishlarning tizimli tashkil etilishi natijasida respublikamizning barcha hududlarida yangi maktablar bunyod etilmoqda, mavjudlari rekonstruksiya qilinmoqda yoki mukammal taʼmirlanmoqda.

Keltirib oʻtilgan mazkur qurilish-taʼmirlash hamda jihozlash ishlari uchun jami 3,1 trln.soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilishi belgilangan boʻlib, bu ishlar qizgʻin jarayonda olib borilmoqda.

Jumladan:

Investitsiya dasturi doirasida — 342 ta;

Vazirlar Mahkamasi Rayosat majlisining tegishli bayoniga asosan — 128 ta;

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga asosan — 262 ta;

Prezidentning hududlarga tashrifi davomida belgilangan qoʻshimcha 56 ta umumtaʼlim maktablarida shu kabi keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Yana bir xayrli tashabbus sifatida «Tashabbusli byudjet» loyihasi asosida ham yurtimizdagi qator umumtaʼlim maktablarida qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi “Ochiq byudjet” portali orqali shu yilning oʻzida yurtimizdagi 873 ta umumtaʼlim maktablarini qurilish-taʼmirlash boʻyicha xalqimiz tomonidan tashabbus koʻrsatilgan. Unga koʻra, 302,1 mlrd. qiymatga ega shartnoma tuzilgan boʻlib, bugunga qadar 196,2 mlrd soʻmlik qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari bajarilgan boʻlib, bu ishlar davom etmoqda. Umumhisobda joriy yilda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borilayotgan umumtaʼlim maktablari soni 1500 tadan ortiqni tashkil etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?