Joriy yilda investitsiya dasturi doirasida 306,0 mln. dollarlik 12 ta loyiha ishga tushiriladi— “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

19:07 18 Avgust 2021 Iqtisodiyot
389 0

Illyustrativ foto

Bu haqda «Oʻzsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida aytib oʻtildi.

Bunday loyihalarni roʻyobga chiqarishda Prezidentimizning 2020-yil 28-dekabrdagi qarori muhim ahamiyat kasb etyapti. Yaʼni ushbu hujjatga asosan uyushma tomonidan xorijiy investitsiyalar va kreditlar ishtirokida 872 mln. dollarlik 39 ta loyiha belgilangan boʻlib,  joriy yilning oʻzida  327,6 mln. dollar oʻzlashtirish koʻzda tutilgan. Ushbu loyihalarni moliyalashtirishga 101,0 mln. dollar  tashabbuskorlar mablagʻi, 11,6 mln. dollar tijorat banklari  kreditlari va 215,0 mln. dollar xorijiy investitsiyalar va xorijiy kreditlar  yoʻnaltiriladi. Jumladan, joriy yilda jami 306,0 mln. dollarlik 12 ta loyihani ishga tushirish hisobiga 1 625 ta yangi ish oʻrinlarini tashkil etish koʻzda tutilgan.

Davlatimiz rahbarining Rossiya Federatsiyasi, Xitoy, Turkiya, Hindiston, Germaniya, Fransiya, Belarus va Janubiy Koreya davlatlariga qilgan davlat tashriflari doirasida 2017 — 2020-yillarda zamonaviy import oʻrnini bosuvchi qurilish materiallarini ishlab chiqarish uchun investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ilgʻor xorijiy kompaniyalar bilan umumiy qiymati 2 mlrd. 295,3 mln. dollarlik 44 ta Memorandum va Kelishuvlar imzolandi. Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining Bayonlari bilan amalga oshirilgan loyihalar nazoratdan chiqarilib yagona “Yoʻl xaritalari” tasdiqlangan.  Unga koʻra,  uyushmasi tomonidan 1 mlrd. 191,8 mln. dollarlik 25 ta loyiha boʻyicha monitoring olib borilmoqda. Shulardan bugungi kunga kelib 289,7 mln. dollarlik 10 ta loyiha amalga oshirildi, 2 tasi – 2021-yil yakuniga qadar va qolgan 13 tasi 2022-2023-yillarda ishga tushirilishi koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?