Joriy yilda 807 ta maktabda qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi

20:37 28 Dekabr 2022 Jamiyat
664 0

Foto: Arxiv surat

2022-yilda Investitsiya, “Obod qishloq” va Obod mahalla» hamda qoʻshimcha dasturlar doirasida, shuningdek, mahalliy byudjet va homiylik mablagʻlari hisobidan xalq taʼlimi tizimidagi jami 807 ta umumtaʼlim maktabida qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlari amalga oshirildi.

Jumladan:

Investitsiya dasturi doirasida — 341 ta;

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturi doirasida — 257 ta;

Prezidentning hududlarga tashriflari davomida berilgan topshiriqlar asosida — 51 ta;

mahalliy byudjet va homiylik mablagʻlari hisobidan — 30 ta umumtaʼlim maktablarini qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash;

128 ta xom gʻishtdan qurilgan filial binolarini qayta qurish ishlari bajarildi.

Mazkur maqsadlar uchun jami 3,2 trln. soʻm byudjet mablagʻlari yoʻnaltirildi.

Hozirgi kunda:

35 ta yangi maktab binolari qurildi hamda 28 096 nafar oʻquvchi oʻrni yaratildi;

474 ta maktab rekonstruksiya qilinishi natijasida 100 010 quvvatli qoʻshimcha oʻquv binolari qurildi;

280 ta maktabning 196 560 oʻrinli mavjud bino va inshootlari mukammal taʼmirlandi;

128 ta xom-gʻisht va loy-paxsadan qurilgan maktab filiali binolari zamonaviy qiyofada qayta barpo etildi;

516 ta umumtaʼlim maktabi mebel, oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlandi.

Shuningdek:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan «Tashabbusli byudjet» loyihasi doirasida 942 ta taʼlim muassasasining moddiy-texnik taʼminoti va infratuzilmasi yanada yaxshilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер