Joriy yilda 6 ta tumanda “agrovoltaika” usulida pilot loyihalar boshlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.
Elektr isteʼmoli yuqori boʻlgan qishloq va suv xoʻjaligi, ichimlik suvi taʼminoti korxonalarida “yashil energiya” quvvatlarini koʻpaytirish boʻyicha ishlarni jadallashtirish zarurligi qayd etildi.
Masalan, qishloq xoʻjaligi yerlarida quyosh panellarini oʻrnatish, yaʼni “agrovoltaika” boʻyicha xorijiy tajriba oʻrganilmoqda. Hisob-kitoblarga koʻra, mamlakatimizda 10 gigavattli agrovoltaika salohiyati mavjud.
Mutasaddilarga joriy yilda 6 ta tumanda “agrovoltaika” usulida pilot loyihalarni boshlash topshirildi.
Umuman, xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda energiya sarfi yuqori boʻlgan sohalarda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish boʻyicha alohida dastur ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
- “JCH-2026”ga Osiyodan toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanmani qoʻlga kiritgan terma jamoalar maʼlum
- Shomurodovning koʻz yoshlari, Fayzullayevning raqsi va muxlislar hayqirigʻi — Mundial eshiklarini ochgan oʻyindan fotoreportaj
- Toshkent davlat tibbiyot universitetining “Bitiruvchi – 2025” tantanali marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring