Joriy yilda 37 ta madaniy meros obyektida restavratsiya ishlari uchun qariyb 85 mlrd soʻm ajratiladi

13:51 10 Avgust 2022 Jamiyat
429 0

Foto: Arxiv surat

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Madaniy meros agentligi axborot xizmati rahbari Mohinur Imomova maʼlum qildi.

Shuningdek, “2022-2023-yillarda muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi”ga muvofiq “Madaniy meros kodeksi”ni ishlab chiqish belgilanmoqda.

Ishlab chiqilayotgan kodeks loyihasi 6 ta boʻlim, 23 ta bob va 154 ta moddadan iborat.

Ishchi guruhning oʻrganishlari natijasida Respublikamiz hududida joylashgan davlat mulki boʻlgan 8210 ta madaniy meros obyektidan 740 tasida ijara shartnomasi tuzilgani aniqlandi.

Uzoq muddatga ijaraga berilgan madaniy meros obyektlari esa 23 tani tashkil qiladi.

Bundan tashqari, moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlarini foydalanishga (ijaraga) berish va ulardan foydalanishda qonun hujjatlariga rioya etilishi holatini oʻrganishda 15 mlrd 365 mln 19 836 soʻm debitor qarzdorlik aniqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер