Joriy yilda 140 ta aholi punktning shaharsozlik hujjati ishlab chiqilgan va buning uchun 126,2 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan

06:13 05 Avgust 2022 Jamiyat
291 0

Foto: Arxiv surat

AOKAda Qurilish vaziri oʻrinbosari va mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda qurilish sohasidagi islohotlar, shaharlar bosh rejalarini ishlab chiqish, sohaga tatbiq etilayotgan yangi innovatsion yechim va texnologiyalar, xorijlik arxitektor va urbanistlar bilan yoʻlga qoʻyilgan hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari haqida maʼlumot berildi.

“Obod qishloq” dasturi doirasida 413 ta ahvoli ogʻir mahallaning bosh reja sxemalari ishlab chiqilmoqda.

2023-2027-yillarga moʻljallangan shahar, qishloq va ovullarning bosh rejasini ishlab chiqish boʻyicha viloyat hokimliklari tomonidan tasdiqlangan roʻyxat asosida dastur shakllantirildi.

2023-yilda ishlab chiqilishi rejalashtirilgan 219 ta shaharsozlik hujjatni ishlab chiqish uchun 230 mlrd. soʻm mablagʻ ajratish koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?