Joriy yilda 1 860 ta amaldagi qonunchilik hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkaziladi

15:48 09 Aprel 2022 Jamiyat
614 0

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, jumladan qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaga sharoit yaratuvchi normalarni aniqlash va bartaraf etish borasida ham tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

Xususan, 2021-yil 23-oktyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ‒5263-son qarori, shuningdek Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazishning yangi tartib hamda uslubiyoti qabul qilinib, cheklist toʻldirish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi. Eng muhimi, yuqoridagi Prezident qarori bilan 2021-yildan boshlab Adliya vaziligi tomonidan “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili joriy etildi hamda 2022 – 2026-yillarda 21 mingdan ortiq amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha besh yillik rejasi tasdiqlandi.

Shunga muvofiq, 2022-yil 26-mart kuni Vazirlar Mahkamasining “2022-yilda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Joriy yilning 8-aprel kuni Adliya vazirligida mazkur qaror ijrosiga masʼul boʻlgan 60 dan ortiq vazirlik va idoralar, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari A. Karimov soʻzga chiqib, qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish amaliyotida, xususan vazirlik va idoralar faoliyatida tizimli muammolar uchrayotganligi, cheklist toʻldirish amaliyoti toʻliq yoʻlga qoʻyilmaganligini taʼkidlab, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish sifati va samaradorligi oshirish boʻyicha tushuntirish berdi.

Jumladan, 2022-yilda Adliya vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarorida belgilangan ijtimoiy himoya, moliya-kredit, tadbirkorlik, tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona ishi sohalariga oid 1 860 ta amaldagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishda yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyishi, ekspertizani joyiga chiqib amalga oshirishi, mutaxassislar, fuqarolar, ayniqsa tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashib ularni qiynayotgan normalarni aniqlab, bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish lozimligi taʼkidlandi.

Seminarda berilgan savollarga Adliya vazirligi mutaxassislari tomonidan javoblar berildi hamda ushbu yoʻnalishda oʻzaro tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish belgilab kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер