Joriy yil yakuniga qadar Samarqand viloyatida barcha mahallalar oʻz binosiga ega boʻladi

Foto: Xalq so‘zi
Samarqand viloyatida “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida 166 ta mahalla fuqarolar yigʻini uchun yangi binolar qurib, foydalanishga topshirildi. 203 ta mahalla kompyuter texnikasi va 118 ta mahalla mebel jihozlari bilan taʼminlandi. Shuningdek, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobidan 61 ta MFYga kompyuter va 47 mahallani mebel jihozlari bilan taʼminlash uchun 465 million soʻm pul mablagʻlari ajratildi. Mavjud mahallalarning 99,5 foizi, yaʼni, 1 ming 118 tasi Internet tarmogʻiga ulandi.
Kuni kecha Kattaqoʻrgʻon va Payariq tumanida mahallalarning yangi binolari foydalanishga topshirildi
Kattaqoʻrgʻon tumanidagi “Moybuloq” va “Qoʻshhovuz” mahalla fuqarolar yigʻinlari ilgari hech bir sharoitga ega boʻlmagan eski binolarda faoliyat yuritib kelardi. Bugun mazkur mahallalarda foydalanishga topshirilgan barcha qulayliklarga ega yangi binolarda mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika noziri uchun alohida xonalar ajratilgan.
Xuddi shunday, Payariq tumanida olis hudud hisoblangan “Gʻallakor” mahalla fuqarolar yigʻini binosi ham yangi binoga ega boʻldi.
Ayni kunlarda viloyatning 87 mahallasida fuqarolar yigʻini uchun zamonaviy bino qurish ishlari davom etmoqda. Ushbu mahalla binolarining barchasi joriy yilning 8-dekabriga qadar foydalanishga topshiriladi. Demak, yil yakuniga qadar viloyatdagi barcha mahallalar oʻz binosiga ega boʻladi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring