Joriy yil uch choragida konsert-tomosha faoliyati boʻyicha berilgan va uzaytirilgan litsenziyalar soni 1313 donani tashkil etdi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda «Oʻzbekkonsert» davlat muassasasi axborot xizmati rahbari Abbosjon Ergashev maʼlum qildi.
Konsert-tomosha faoliyatini tashkil etish va ijodkor yoshlar bilan ishlash yoʻnalishida 2022-yilning toʻqqiz oyi davomida jami 86 ta turli darajadagi tadbirlar tashkil etildi, shundan 9 tasi — davlat tadbirlari, 10 tasi — hukumat nomidan qabul marosimlari va konsert dasturlari, 67 tasi — hamkor tashkilotlar bilan oʻtkazilgan turli tadbirlar.
«Oʻzbekkonsert» davlat muassasasi hamda manfaatdor tashkilotlar hamkorligida shu vaqtga qadar 8 ta hududda (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, Fargʻona va Namangan) “Madaniyat karvoni” nomli festivallar oʻtkazildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring