Joriy yil oʻtgan davrida xorijga chiqib ketayotgan 1618 nafar fuqaroga 3 mlrd 236 mln soʻm miqdorida mikroqarz berilgan va kredit qaytmaslik tavakkalchiligi sugʻurta qilingan

Foto: Халқ сўзи
AOKAda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida fuqarolarni xorijiy davlatlarga ishga jalb qilish va xorijdagi fuqarolar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar haqida maʼlumot berildi.
Bugungi kunda mehnat migrantlariga moliyaviy yordam va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha 14 turdagi instrument mavjud boʻlib, shulardan 6 tasi tadbirkorlik faoliyatini boshlashni ragʻbatlantirishga qaratilgan moliyaviy instrument hisoblanadi.
Joriy yil oʻtgan davrida xorijda boʻlib turgan 266 mingdan ortiq mehnat migrantiga huquqiy, moddiy, ijtimoiy yordam va axborot maslahat xizmatlari koʻrsatildi.
Xususan, 1315 nafariga 60,9 ming AQSH dollari miqdorida bir martalik moddiy yordam berildi. 907 nafar ogʻir ahvolga tushib qolgan fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi, 261 nafar boshpanasiz qolgan fuqaro xostellarga joylashtirildi hamda 3 mahal oziq-ovqat bilan taʼminlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda 8-iyundan chiqindidan qarzdorlar elektr uchun toʻlov qilolmaydi
- AQSHda jurnalist qiz Trampning yuziga mikrofon bilan urib yubordi (+video)
- Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi
- Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
- “Qamchiq” dovonida fuqarolarga yordam koʻrsatilmoqda. Qoʻshimcha poyezd qatnovi yoʻlga qoʻyilgan
- Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti QS reytingida TOP–500 talikdan joy oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring