Joriy yil 1-yarim yilligida qariyb 158 milliard soʻm sugʻurta mukofoti taʼminlandi

Foto: Illustrativ foto
Bu haqda AOKAda «Oʻzagrosugʻurta» AJ rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
«Oʻzagrosugʻurta» AJda mijozlar uchun kompaniyada “Onlayn polis” axborot tizimi orqali jami 9 ta sugʻurta turi boʻyicha E-polis sotib olish imkoniyati yaratilgan.
2022-yil oʻtgan davri mobaynida jami 403 044 dona sugʻurta shartnomasi tuzilgan, shundan 367 720 tasi aholi sugʻurtasi yoʻnalishida rasmiylashtirilgan. Qariyb 23,4 mlrd. soʻmlik sugʻurta tovonlari toʻlangan, shundan deyarli 5,6 mlrd. soʻmi aholi sugʻurtasi ulushiga toʻgʻri keladi.
«Oʻzagrosugʻurta» AJ hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oʻrtasida imzolangan bitimda xorijga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini kompleks sugʻurta qilish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularga sugʻurtaning mohiyati, afzallik jihatlari toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish va ularni sugʻurtaviy himoyaga olish boʻyicha hamkorlikda sharoit yaratib berish koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring