Jonson Buyuk Britaniya bosh vazirligiga nomzodlarni qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortdi

Foto: Reuters
Oʻtgan hafta isteʼfosini eʼlon qilgan Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Boris Jonson oʻz oʻrniga keladigan hukumat rahbarligiga nomzodlarni qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortdi
U oʻz fikrini hech kimning imkoniyatlarini yoʻq qilishni istamasligi bilan izohlagan.
“Biz faqat olgʻa intilishimiz kerak... Biz odamlarga, saylovchilarga, ularning umidlariga koʻproq eʼtibor qaratsak, biz qurmoqchi boʻlgan kelajak haqida qancha koʻp gapirsak... hammamiz baxtli boʻlamiz”, degan sobiq bosh vazir.
Shu oʻrinda Boris Jonson oʻzining oʻrniga munosib nomzod kelishiga ishonch bildirgan.
2019-yilda Tereza Meyning oʻrniga Bosh vazir lavozimini egallagan Jonson 7-iyul kuni bosh vazir va Britaniya Konservativ partiyasi rahbari sifatida isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi. Bunga Konservativ partiyaning parlament fraksiyasi koordinatori oʻrinbosari Kris Pincher bilan bilan bogʻliq mojaro sabab boʻlgan. Gap shundaki, ikki kishi uni jinsiy zoʻravonlikda ayblagan. Jonsonga qarshi daʼvo shundaki, u bu haqda bilgan, ammo Pincherni hukumat lavozimiga tayinlagan. Siyosatchi yangi bosh vazir tayinlangunga qadar oʻz faoliyatini davom ettiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abror Bakirov vafot etdi
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Oksana Chusovitina Jahon kubogida kumush medalga sazovor boʻldi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Toshkentda kriket boʻyicha trenerlar tayyorlashning ikkinchi bosqich oʻquv-seminari oʻtkazilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring