Jongeldiliklar uzoq kutgan kun keldi

11:32 26 Noyabr 2020 Jamiyat
117 0

Jongeldi — Peshku tumani markazidan naqd 200 kilometr olisda, sahro bagʻrida joylashgan maskan.Bu yerda qozoq millatiga mansub 745 nafar aholi yashamoqda.

Chekka goʻshalarning muammolari koʻp boʻladi. Jongeldi ham bundan mustasno emas. Viloyat va tuman hokimliklari saʼy-harakati bilan hududda umumtaʼlim va maktabgacha taʼlim, ichimlik suv bilan bogʻliq masalalar oʻz yechimini topgandi. Yaqinda jongeldiliklarning yana bir mushkuli oson boʻldi. Bu yerdagi tibbiy maskan yangidan barpo etildi. Qurilish- taʼmirlash ishlari uchun 3 milliard 800 million soʻmdan ziyod mablagʻ sarflanib, bemorlarning shu yerda davolanib, oyoqqa turib ketishlari uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratildi.

— Maskanimizda kunduzgi statsionar, tugʻruqxona, laboratoriya, jarrohlik bloki, zararsizlantirish, EKG xonalari, “Tez tibbiy yordam” avtomashinasi uchun boshpana va hatto shifokorlar uchun turarjoy ham barpo etildi, — deydi qishloq poliklinikasi bosh shifokori Gulnur Ayitmetova. — Bir soʻz bilan aytganda, aholiga tunu kun tibbiy xizmat koʻrsatish uchun zarur qulayliklar muhayyo qilindi. Ilgari bunaqangi zamonaviy shart- sharoitlarga ega emas edik. Deylik, bemorga tashxis qoʻyish qoʻyish uchun 5 – 6 soat yoʻl bosib, tuman markaziga borishga toʻgʻri kelardi. Biz uzoq kutgan kun keldi.Mahalladoshlarimiz bundan juda mamnunlar.

Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?