Jondorda afgʻon qozonlari ishlab chiqarilmoqda

10:18 26 Sentyabr 2022 Jamiyat
261 0

Foto: Xalq so‘zi

Jondor tumanidagi “ATU Buxoro” masʼuliyati cheklangan jamiyatida afgʻon qozonlari ishlab chiqarilmoqda.

Tadbirkor Furqat Rahimov taʼsischiligida tashkil etilgan korxona 400 million soʻm miqdoridagi ustav jamgʻarmasiga ega. Innovatsion loyiha afgʻonistonlik ishbilarmonlar kiritgan sarmoya evaziga amalga oshirildi.

Tabiiyki, uy-roʻzgʻor buyumi sanalgan afgʻon qozonining qanday afzalliklari bor, degan savol tugʻiladi. Mutaxassislarning taʼkidlashlaricha, alyuminiydan tayyorlanayotgan bunday qozonlar energiyatejamkor sanaladi. Ular avtomatik saqlagichga ega.Olovga bardosh beradigan maxsus qoplamasi bor. Issiqlikni tez oʻtkazadi. Biz anʼanaviy tarzda ishlatib kelayotganlari bilan qiyoslaganda tabiiy gaz, elektr energiyasini juda kam sarflaydi. Vaqt ham tejaladi. Unda ovqat mazali boʻlib pishishi uchun 20-40 daqiqa kifoya. Dizayni yaʼni koʻrinishi oʻziga xos. Olib yurishga ham qulay. Hozir korxonada 30 turdagi ana shunday roʻzgʻorbop buyumlar ishlab chiqarilmoqda. 30 ta ish oʻrni yaratilgan.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Buxoro viloyatida xorijiy investitsiya ishtirokida 380 dan ziyod korxona faoliyat koʻrsatmoqda.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?