Jomboylik tadbirkor quyosh fotoelektr stansiyasini qurdi

Foto: Xalq so‘zi
Mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ishlab chiqarishda yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash hamda uzluksiz elektr taʼminotini yoʻlga qoʻyish maqsadida muqobil energiya manbalarini joriy etishga qiziqish va intilish ortib bormoqda.
Samarqand viloyati Jomboy tumanidagi “Ohalik oltin bogʻi mevasi” MCHJ tomonidan quvvati 60 kVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi oʻrnatilgan boʻlib, jamiyatga qarashli 20 gektar yer maydonida barpo etilgan mevali bogʻni tomchilatib sugʻorish tizimi ushbu texnologiya orqali barqaror ishlab turibdi. Qolaversa, yiliga 43,2 ming kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvati yaratilib, 20 million soʻmga yaqin mablagʻ tejab qolinishiga erishilyapti.
— 2004-yili oʻgʻlim qishloq xoʻjaligi sohasida tajribasini oshirish uchun Germaniyaga borgan edi. Aytishicha, u yerda allaqachon fermerlar muqobil energetika uskunalariga ega ekan. Ehtiyojiga yarasha elektr energiyasi ishlab chiqaradi va oʻzi tasarruf etadi. Kerak boʻlsa, ortiqchasini sotadi ham. Bu holatdan taʼsirlanib, men ham mustaqil elektr stansiya qurishga qaror qildim, — deydi “Ohalik oltin bogʻi mevasi” MCHJ rahbari, tadbirkor Nasim Toʻraqulov. — Bugunga kelib niyatim amalga oshdi. Bizning kichik quyosh fotoelektr stansiyamiz 270 ta paneldan iborat. Bu elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojimizning maʼlum qismini taʼminlab beradi.
Nasim Toʻraqulov bugungi kunda 100 gektar maydonda turli mevali daraxtlar koʻchatlarini yetishtiradi, bogʻdorchilik qiladi va boshqa talabgor ekinlar yetishtiradi. Masalan, 10 gektar maydonda qulupnay yetishtirib, muzlatilgan holda turli hududlarga yetkazib beradi. Bularning barchasi uchun muntazam elektr energiyasi kerak. Ayniqsa, katta maydonni sugʻorishda ham muammo boʻlmasligi lozim.
N. Toʻraqulovning aytishicha, markazlashgan elektr tarmoqlaridan uzoqda joylashgan tadbirkorlar mazkur tajribani oʻrgansa, maqsadga muvofiqdir. Chunki dastlabki yillarda quyosh elektr stansiyasi orqali ishlab chiqarilgan energiya qimmatga tushsa-da, muqobil texnologiyaning yigirma yil davomida ishlashi hisobiga keyinchalik energiya deyarli “suv tekin”ga tushadi. Shu bilan birga ushbu uskunalardan foydalanilganlik uchun qator imtiyozlar bor.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Konstitutsiyaviy qonun loyihasi 25-iyun kunidan “Xalq soʻzi” va «Народное слово» gazetalarida umumxalq muhokamasiga qoʻyiladi
- Tadqiqot xulosasi: Koronavirusning davomli asoratlari emlanganlarda kam kuzatiladi
- Toʻpalang GES inshootida texnik nosozlik toʻliq bartaraf etilgan. Vaziyat barqaror — «Oʻzbekgidroenergo» AJ
- Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
- “Kitob uychalari”, “Yosh kitobxon klubi”... Artel kompaniyasi kitobxonlikni keng targʻib qilmoqda
- Xillari Klinton 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasligini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring