Jomboyda fuqaroning uyida 165 tup «kannabis» giyohvandlik vositasi ekilganligi aniqlandi

17:15 08 Avgust 2021 Jamiyat
350 0

Olingan tezkor maʼlumotga asosan, 2021-yil 07-avgust kuni Jomboy tumani “Olmazor” mahallasi Yerteshar qishlogʻida yashovchi S.K. ning yashash uyida tintuv tergov harakati oʻtkazildi.

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmatining xabariga koʻra, tintuv davomida, uy omborxonasidan 2 dona qoplarga solingan “marixuana” giyohvandlik vositalari aniqlandi. Bundan tashqari, S.K. ning tomorqasida ham 165 tup «kannabis» giyohvandlik vositasi ekilganligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?