Jo Bayden “COVID-19”dan qutula olmayapti. Uning beshinchi testi ham ijobiy natija koʻrsatdi 

00:20 04 Avgust 2022 Dunyo
1431 0

Foto: Reuters

Joriy yilning oʻtgan oyining soʻnggi kunlarida “COVID-19” yuqtirib olgani maʼlum boʻlgan AQSH prezidenti Jo Bayden ushbu infeksiyasidan qutula olmayapti. Maʼlum boʻlishicha, uning koronavirusga topshirgan testi ketma-ket beshinchi marta ijobiy natija koʻrsatgan. Bu haqda Amerika yetakchisining davolovchi shifokori Kevin OʻKonnorning hisoboti Oq uy saytida keltirilgan.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, davlat rahbari oʻzini yaxshi his qilmoqda, isitmasi ham yoʻq. 79 yoshli Bayden hali ham yengil yoʻtaldan aziyat chekmoqda. Ammo asoratlar avvalgi kunga qaraganda kamroq.

“Uning harorati, yurak urishi, qon bosimi, nafas olish tezligi va organizmini kislorod bilan toʻyinganligi butunlay meʼyoriy darajada qolmoqda. Oʻpkasi ham toza”, deydi mutaxassis va Bayden oʻzini izolyatsiya qilish rejimiga rioya qilishda davom etishini qoʻshimcha qilib.

21-iyul kuni Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Pyer prezidentda koronavirus testi ijobiy chiqqanini maʼlum qildi. Uning taʼkidlashicha, alomatlar oʻrtacha darajada va siyosatchi masofadan turib ishlashda davom etmoqda. 

Bayden oʻzi esa unda “COVID-19”ning yengil alomatlari borligini va oʻz ishini bajarayotganini maʼlum qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?