Jo Bayden BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilishni taklif qilmoqda

01:27 09 Sentyabr 2022 Dunyo
723 0

Foto: Reuters

AQSH prezidenti Jo Bayden, Davlat kotibi Entoni Blinken va AQSHning Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)dagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild 2022-yil sentyabr oyi oxirida boʻlib oʻtadigan BMT Bosh Assambleyaning yuqori darajadagi haftaligida Xavfsizlik kengashi islohoti mavzusini koʻtaradi

Gap Xavfsizlik Kengashi aʼzolari sonini oshirish haqida ketmoqda. 

AQSHning doimiy vakili BMT Xavfsizlik Kengashi mavjud global voqelikni yaxshiroq aks ettirishi va dunyoning turli burchaklaridan kelgan ovozlarning xilma-xilligini oʻz ichiga olishi kerak, degan fikrni bildirdi.

Uning qoʻshimcha qilishicha, Bosh Assambleya sessiyasida BMTning boshqa organlarini isloh qilish masalalari ham koʻtariladi.

Hozirda Kengashga 15 ta davlat aʼzo – beshta doimiy va oʻntasi doimiy boʻlmagan. BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy aʼzolari – Buyuk Britaniya, Xitoy, Rossiya, AQSH va Fransiya hisoblanadi.

Avvalroq Tomas-Grinfild Rossiyani Xavfsizlik Kengashidan chiqarish haqida gap yoʻqligini aytgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?