Jizzaxlik olimlar Qozondagi OTMlarga tajriba almashish uchun boradi

15:04 22 Yanvar 2022 Madaniyat
1420 0

Qozon Federal universitetining rektori va prorektorlari hamkorligidagi delegatsiya aʼzolari rasmiy tashrif bilan Jizzax viloyatida boʻlishdi.

Jizzax viloyat hokimligi, Innovatsion rivojlanish boshqarmasi xodimlari va OTMlar rektorlari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda ilmiy - innovatsion va oʻquv faoliyatini rivojlantirishga oid koʻp tomonlama masalalar muxokama qilindi.

Uchrashuv doirasida Jizzax viloyat Innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshligʻi M.Musayev Qozon Federal universiteti rahbariyati bilan jamiyatda mavjud muammolarga yechim boʻladigan loyihalar doirasida hamkorlik uchun oʻz takliflarini aytib oʻtdi.

Taklif doirasida KFU rektori Tayurskiy Dmitriy Albertovich va Mansur Musayev Jizzaxlik olimlarni oʻzaro tajriba almashish maqsadida stajirovkaga yuborish haqida kelishib olishdi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari Jizzax shahrida qurilayotgan Qozon universiteti filiali binosini hamda Jizzaxdagi tarixiy joylar va muzeylar bilan tanishishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер