Jizzaxdagi kafeda janjal koʻtarganlarga chora koʻrildi

12:57 25 May 2024 Jamiyat
151 0

Foto: Videodan kadr

Jizzax shahridagi kafeda qoʻshni stoldagilar bilan gap talashib, qorovulni kaltaklaganlarga nisbatanr tegishli chora koʻrildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.  

Maʼlum qilinishicha, voqea Jizzax shahrining Oqqoʻrgʻonlik mahallasida joylashgan savdo majmuasidagi ovqatlanish shoxobchasida sodir boʻlgan. Unda mast holda oʻtirgan yigitlardan biri qoʻshni stolda oʻtirgan qizlarga gap otgan. 

Voqeadan xabar topgan shoxobcha qorovuli kelib, janjalni toʻxtatish maqsadida vaziyatga aralashgan. Yigitlardan ikkisi xodimni haqoratlab, unga pivo idishini uloqtirgan. Shundan soʻng qorovulni kaltaklab, unga ogʻir tan jarohati yetkazgan. 

Shuningdek, ularni ajratishga uringan shoxobchaning boshqa xodimi ham ayovsiz kaltaklangan. Qorovul olgan tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. “Mushtumzoʻr” lar esa DXX va IIO xodimlari tomonidan qoʻlga olingan. 

Aniqlanishicha, qoʻlga olinganlardan biri avval talonchilik, davlat organi vakilining qonuniy harakatlariga qarshilik koʻrsatgani hamda qasddan badanga yengil shikast yetkazgani sabab sudlanib, ahloq tuzatish jazosini oʻtayotgan boʻlgan.

Qonunbuzarlarning bu ishlari sudda koʻrib chiqildi. Avval sudlanib, ahloq tuzatish jazosi hukm qilingan shaxsning bu jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi. Uning sherigiga ham qonunda belgilangan jazo qoʻllanildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер