Jizzaxda “tuproq oʻgʻrilari” qoʻlga tushdi
Jizzax viloyatida noqonuniy tarzda tuproq qazib olgan fuqarolar javobgarlikka tortildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi tomonidan navbatdagi reyd tadbirlari oʻtkazildi.
Natijada, Gʻallaorol tumani hududida fuqaro O.S. oʻzi boshqaruvida boʻlgan yuklovchi transport vositasi yordamida “Qashqabuloq” MFY “Qoraqoʻyli” qishlogʻining tuman zaxira yer maydoni hududidan noqonuniy ravishda tuproq qazib ortib ketayotganligi aniqlandi.
Bu holat boʻyicha fuqaroga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 11 baravari — 4 million 125 ming soʻm miqdorida jarima qoʻllanildi. Shuningdek, tabiatga 2 million 450 ming soʻm miqdorida zarar yetkazilganligi hisoblandi. Huquqbuzar jami 6 million 575 ming soʻm toʻlaydigan boʻldi.
Boshqa bir holatda esa “Qashqabuloq” MFY hududida fuqaro A.Sh. noqonuniy ravishda tuproq qazib olib, ortib ketayotgan vaqtida toʻxtatildi. Unga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning oʻn bir baravari — 4 million 125 ming soʻm jarima qoʻllanildi.
Avvalroq fuqaro mashinasining old kapotiga himoya plyonkasini yopishtirib, ichiga suv va baliqlar solib harakatlangani aks etgan videolar yuzasidan Ekologiya vazirligi munosabat bildirgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring