Jizzaxda tadbirkorning ishlab chiqarish sexini elektr energiyasiga ulab berishni vaʼda qilgan nazoratchi ushlandi

10:34 23 Avgust 2022 Jamiyat
194 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Jizzax shahar elektr tarmoqlari korxonasi boʻlim nazoratchisi S.E. “I.S.» MCHJ rahbari O.ning ishonchiga kirib, MCHJga qarashli ishlab chiqarish sexini elektr energiyasiga ulab berish va kelgusida uning faoliyatiga rahnamolik qilib turish evaziga joriy yilning may-iyul oylarida 400 AQSH dollari va 2 mln soʻmini qoʻlga kiritib, yana 3 mln soʻmini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер