Jizzaxda tadbirkorga 1,7 mlrd soʻm kredit olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

09:00 02 Avgust 2022 Jamiyat
243 0

Foto: Prokuratura Departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.X. Jizzax shahridagi “Q.” oilaviy NTM rahbari G.ning ishonchiga kirib, unga bank muassasalarida ishlovchi tanishlari orqali NTM faoliyatini rivojlantirish uchun 1,7 mlrd soʻm kredit olib berish evaziga 1 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?